EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida qazib chiqarish hajmini oshirish va gaz uzatish tizimini kengaytirish ishlari olib borilmoqda

Iqtisodiyot 18:05 / 27.12.2019 5679

GRP ishlaridan so‘ng, 26 dekabr kuni Doya Xotin-29 va 73-quduqlarining umumiy kunlik debiti 200 ming kub.m gacha ko‘paydi.

Doya Xotin-29 qudug‘ining kunlik debiti 23 mingdan 80 ming kub.m gacha ortdi.

Doya Xotin-73 qudug‘ining kunlik debiti 79 mingdan 120 ming kub.m gacha ortdi. 

Qashqadaryo viloyatidagi gaz uzatish tizimining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘ylab quvurlar qurilishi tunu-kun olib borilmoqda:

  • «Tandircha YP – Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
  • «Chigil YP – Muborak GQIZ» (110 km).

27 dekabr holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 62,5 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 37,5 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 117,8 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 133,3 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 109,4 km ni tashkil etdi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: