26 dekabr kuni GRP amaliyotidan so‘ng, Doya Xotin №16 va №18-sonli quduqlarining umumiy kunlik debiti 200 ming kub.m gacha ko‘tarildi.
Doya Xotin-16 qudug‘ining kunlik debiti 60 mingdan 100 ming kub.m gacha ortdi.
Doya Xotin-18 qudug‘ining kunlik debiti 50 mingdan 100 ming kub.m gacha ortdi.
Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan pnevmo sinovlardan so‘ng, 26 dekabrdan boshlab 8 km uzunlikdagi «Talimarjon YP - Sho‘rtanneftgaz» quvuri orqali gaz yetkazib berish boshlandi.
Ikkita gaz quvurlari qurilishi esa tunu-kun davom etmoqda:
- «Tandircha YP - Sho‘rtanneftgaz» (45 km);
- «Chigil YP - Muborak GQIZ» (110 km).
26 dekabr holatiga ko‘ra jami:
- Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 62,5 ming tn;
- Keltirilgan quvurlar – 37,5 ming tn;
- Kavlangan zovurlar – 116,4 km;
- Qatorga payvandlangan quvurlar – 131,6 km;
- Yotqizilgan quvurlar – 99,9 km ni tashkil etdi.
EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati