Interaktiv video-devorlar zamonaviy iste'molchilar hayotiga mustahkam o‘rnashib oldiki, avvalgi barcha mashhur reklama turlari o‘rnini deyarli butunlay egallashga ulgurdi. Katta mijozlar oqimiga ega yirik obektni informatsion displeylarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu yangilik katta salohiyatga ega bo‘lganligi sababli LG kompaniyasi 55VM5E interaktiv LCD displeyining noyob modelini ishlab chiqdi.
LG'ning LED yoritgichli texnologiyasi tiniq tasvir olish uchun yuqori bir tekislikdagi yorqinlikni kafolatlaydi. U butun ekran bo‘ylab yuqori darajali ko‘rinishni va bir xil yorqinlikni ta'minlab beradi. Ingichka, chok tushmagan yaxlit – bor-yo‘g‘i 0,9 mm.li ramka tufayli rasmga chuqur sho‘ng‘ish imkoni paydo bo‘ladi. Bu kabi displeylar ko‘pincha inson bo‘yidan balandroq o‘rnatiladi, shu sababli tasvir sifati butun maydon bo‘ylab bir xil bo‘lishi muhimdir. LG displeylarining keng ko‘rish burchagi suratni buzilishsiz ekranda to‘liq namoyish etishga yordam beradi.
O‘rnatilgan SoC va webOS platformalari displeyni nafaqat foydalanish uchun qulay, balki mutlaqo ko‘p funksional qiladi. Menyu sodda va tushunarli, tijorat maqsadlarida foydalanish uchun optimallashtirilgan, monitoring va boshqaruvni tarmoq orqali, displeyni mahalliy zanjirga ulash yordamida amalga oshirish mumkin.
Interaktiv displey uzoq muddat davomida, 24/7 rejimida ishlashga tayyor. Ularni do‘konlarda, savdo-ko‘ngilochar va biznes-markazlarda, aeroportlar, dorixonalar va banklar, restoran va ko‘rgazmalarda ishlatish mumkin.
LG'ning 55VM5E seriyali interaktiv displeylarini xarid qilish uchun, shuningdek, narxlar bilan tanishish uchun LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22.
Muhim: raqamni to‘liq terish lozim. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul.
LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook: fb.com/LGUzbekistan
Instagram: @LGUzbekistan
Telegram: t.me/lguzbekistan
Reklama huquqi asosida