Chiqindilarni boshqarish agentligiga direktor tayinlandi

O‘zbekiston 16:30 1582

Prezidentning tegishli qarori bilan Sharifbek Shamsiddinovich Hasanov Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Sharifbek Hasanov 1990 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2013 yilda Buyuk Britaniyaning Cardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015 yilda Surrey universitetini (magistratura) tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi prezidentning 2024 yil 26 sentabrdagi qarori asosida Ekologiya vazirligi huzurida tashkil qilingan.

Agentlik chiqindini saralash, qayta ishlash natijasida energiya resurslari, xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish choralarini tatbiq etishini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: