BMT shafeligida preventiv diplomatiya bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston 18:42 / 14.12.2019 1901

Bugun, 14 dekabr kuni BMT shafeligida, poytaxtimizdagi Radisson Blu mehmonxonasida preventiv diplomatiya akademiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

BMT vakillari, mamlakatimizda faoliyat yurituvchi qator elchixonalar diplomatlari, OAV va boshqa tashkilotlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan bu tadbirda preventiv diplomatiya akademiyasi qatnashchilari bo‘lgan yoshlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qardosh davlatlar yoshlaridan tashqari Afg‘oniston yoshlari ham bu anjumanda qatnashdilar va nutq so‘zladilar. Mintaqadagi tinchlik, hamjihatlik, do‘stona munosabatlar haqida so‘zlangan nutqlar xorijiy mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Tadbir davomida afg‘onistonlik talaba, anjumanning faol ishtirokchisi Dodalishoh Aziz o‘zining O‘zbekiston haqidagi taassurotlarini Kun.uz mushtariylari bilan bo‘lishdi:

– O‘zbekiston xalqi bilan dinimiz bir, tariximiz bir. Meni bu yurt odamlarining mehmondo‘stligi hayratda qoldirdi, tinchligingizga havas qildim. Bu yerda do‘stlashib olgan tengdoshlarim bilan turli mavzularda suhbatlashdik, kelgusida yana uchrashishga kelishib oldik.

Ko‘proq yangiliklar: