Toshkent markazidagi avtoturargoh o‘rniga mehmonxona qurish boshlandi. Avtobuslar so‘nggi bekatining bir qismi yopilyapti 

Jamiyat 11:27 / 10.12.2019 13753

Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari oralig‘idagi avtoturargoh o‘rniga zamonaviy mehmonxona qurish ishlari boshlanganligi munosabati bilan Istiqlol ko‘chasidagi avtobuslar so‘nggi bekatining bir qismi yopiladi. 

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, shu bois bu yerdan harakatlanuvchi 96-yo‘nalish avtobuslari Taraqqiyot, Amir Temur, Istiqlol ko‘chalari orqali so‘nggi bekatgacha keladi. Qaytishda so‘nggi bekatdan Istiqlol, Mustaqillik, Amir Temur ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.

53-yo‘nalish avtobuslari esa to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatini A.Navoiy ko‘chasidan, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari orqali so‘nggi bekatigacha keladi. Qaytishda esa Istiqlol, Amir Temur, A.Navoiy ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.

Bundan oldin, poytaxt hokimligi shahar markazida amalga oshiriladigan loyiha tafsilotlarini ochiqlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: