Chinozdagi uydan jasad topildi

Jamiyat 12:19 / 10.12.2019 24229

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi fuqaro Sh.S.ning uyidan 1987 yilda tug‘ilgan T.G‘.ning jasadi topildi. 

Postda.uz’ning xabar berishicha, jasad topilgan paytda tananing bosh va yuz qismlarida jarohatlar bo‘lgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada ushbu jinoyatni Yangiyo‘l tumani Epkendi mahallasida ro‘yxatda turuvchi, hozirda yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.S. rashk tufayli sodir etgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: