Samarqandda noqonuniy ravishda qurol saqlab kelgan va uni sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar aniqlandi

Jamiyat 10:05 / 07.12.2019 9855

Samarqand viloyati IIB tomonidan «Tozalash-Antiterror» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, uning davomida fuqarolar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari natijada viloyat bo‘yicha jami 52ta qurol fuqarolarning o‘z ixtiyori bilan topshirilishiga erishildi. Kattaqo‘rg‘on tumanida 17ta, Samarqand shahri bo‘yicha 15ta otish uchun yaroqli bo‘lgan turli xil qurollar fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga topshirildi.

Shunga qaramasdan, tushuntirish-targ‘ibot ishlaridan o‘zlariga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda qurol saqlab kelish va sotish kabi jinoyatlarni sodir etish holatlari ham aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

2019 yil 7 noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani «Qo‘shavuz» mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qo‘shavuz qishlog‘ida yashovchi fuqaro B.X. yashash uyida noqonuniy ravishda ov quroli saqlashi yuzasidan olingan ma'lumotni tekshirish davomida uning uyi ko‘zdan kechirilganida, 1961 yilda ishlab chiqarilgan, otish uchun yaroqli bo‘lgan «IJ» rusumli ov quroli borligi aniqlandi. Ov quroli xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

2019 yil 20 noyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIOFMB tezkor xodimlari tomonidan Past Darg‘om tumani «Agron» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.T. noqonuniy ravishda qurol savdosi bilan shug‘ullanayotgani to‘g‘risida olingan tezkor ma'lumotga asosan maxsus tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida mazkur mahalla hududida fuqaro N.T. xaridor sifatida ishtirok etgan fuqaro «R»ga 1965 yilda ishlab chiqarilgan Ye 67894 raqamli, 16 mm. kalibrli o‘qotar ov qurolini 200 AQSh dollariga sotayotgan paytda ushlandi.

Ko‘proq yangiliklar: