«Neksiya»dan tarkibida qimmatbaho metall parchalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan 20 kilogramm qum topildi 

Jamiyat 11:01 / 07.12.2019 8934

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Gulchambar qishlog‘i hududida «Neksiya» rusumli avtoulov to‘xtatilib, tekshirildi. 

Postda.uz'ning yozishicha, tekshiruv paytida avtomashina salonidan polietilen qopga joylangan 20 kilogramm qum topildi.

Surishtiruv davomida avtotransport vositasi haydovchisi, G‘allaorol tumani «Lalmikor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.E. tarkibida qimmatbaho rangli metall parchalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda qumini Samarqand viloyatidagi Zarmitan tog‘idan qazib olganligini bildirgan.

Ayni vaqtda G‘allaorol tumani IIB holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini amalga oshirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: