Bolalar uchun yangicha uslubdagi kitoblar nashrdan chiqdi

Jamiyat 08:51 / 07.12.2019 18175

O‘zbekistonda bolalar uchun o‘zgacha ko‘rinish, yangicha uslubdagi kitoblar nashrdan chiqdi. Kitoblar muallifi – noshir, ijodkor To‘lqin Nurmuhammad. 

“Tanishimiz Amerikadan 3d shaklidagi ajoyib bir kitobni sovg‘a qilib olib keldi. Kitobga munosabatim bo‘lakcha bo‘lganidan ushbu hadya men uchun qimmatli sovg‘a edi! Unga qarab turib, miyamga bir necha g‘oyalar keldi. Sovg‘a qilingan kitob 3d shaklida faqat ingliz tilidagi rasmli ertak edi, xolos”, deydi To‘lqin Nurmuhammad.

Undan ilhomlangan noshir “Nafs”, “Bir piyola tuz”, “Yashiringan aql”, “Toza suv rangi” nomli ertaklarini yanada boyitilgan ko‘rinishga, qulayliklarga ega holatda o‘zgacha chop etishni niyat qildi.

Kitoblar 3d shaklda, uch xil tilda. Rasmlar bilan bezatilgan matnlar o‘zbek, rus, ingliz tillarida mutaxassislar tomonidan o‘qilib, ovozli tarzda berilgan. O‘quvchilar iOS va Android telefonlar orqali kitoblarni bemalol ham tinglab, ham o‘qishlari mumkin. Bu esa bolajonlarning ertak tinglash orqali uchta tilni o‘rganishlariga hissa qo‘shadi. 

Ertaklar nafaqat yuqorida aytilgan uch xil tilda, balki qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq tillariga ham tarjima qilingan. Ya'ni qardosh xalqlar ham o‘z tillarida hamda rus va ingliz tillarida bemalol o‘qishlari mumkin.

Kitobni olmoqchi bo‘lganlar narxlar va aloqa raqamlari bilan quyidagi havola orqali tanishishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: