Toshkentda «Rohat» doirasi yo‘nalishidan «Yangiobod» bozorigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomoni yopiladi

Jamiyat 10:50 / 06.12.2019 4433

Toshkentda “Rohat” doirasi yo‘nalishidan “Yangiobod” bozorigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomoni yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Yashnobod tumani, Toshkent avtomobil halqa yo‘lining “Rohat” doirasidan Tolariq ko‘chasi bilan kesishgan qismi (yo‘lning bir tomoni) transport harakati uchun vaqtincha, 6 dekabrdan 15 dekabrga qadar cheklanadi (“Rohat” doirasi yo‘nalishidan “Yangiobod” bozorigacha). 

Qayd etilishicha, yo‘lning qarama-qarshi tomonida ikki tomonlama harakatlanish tashkil etiladi. 

“Hurmatli haydovchilar! Sizdan vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: