Isroil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi tarkibidan chiqishini e’lon qildi
Isroil AQSh prezidenti Donald Trampning BTM Inson huquqlari kengashi ishida ishtirok etmaslik qarorini olqishlaydi.

Foto: i24.news
Isroil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Gideon Saar o‘zining ijitmoiy tarmoqlardagi sahifasiga yozib qoldirdi.
Saarning yozishicha, Isroil AQSh prezidenti Donald Trampning BTM Inson huquqlari bo‘yicha kengashi ishida ishtirok etmaslik qarorini olqishlaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil 100 dan ortiq qoralovchi rezolyutsiyaga duch kelgan. Bu kengash tomonidan Iroq, Kuba, Shimoliy Koreya va Venesuelaga nisbatan qabul qilingan barcha hamda shu paytgacha qabul qilingan jami rezolyutsiyalardan 20 foizga ko‘proq. Isroil hukumati oldin ham BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi faoliyatini bir necha bor tanqid qilgan.
4 fevral kuni Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ishlari agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqarish haqidagi farmonni imzolagan edi.
Inson huquqlari bo‘yicha kengash — BMT tizimidagi hukumatlararo organ bo‘lib, 2006 yilda tuzilgan. Unga 47 ta davlat a’zo. BMT saytida yozilishicha, kengash «inson huquqlari bo‘yicha favqulodda vaziyatlarga chora ko‘radi» va ularni joylarda qanday qilib eng yaxshi tarzda amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Rossiya ham 2020 yil oktyabrda kengashga saylangan, ammo 2022 yil 7 aprelda muddatidan oldin o‘z vakolatlarini to‘xtatgan. 2023 yilda Rossiya kengashga qaytishga qaror qilgan, ammo keraklicha ovoz to‘play olmagan edi.
Mavzuga oid

12:25
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

17:17 / 07.03.2025