Oliy ta'lim sohasida oylik maoshlarni adolatli belgilash taklif qilinmoqda

Jamiyat 10:06 / 06.12.2019 23900

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohasida toifa berish tizimini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida o‘qituvchilarga toifa berish tizimini qayta ko‘rib chiqish lozim. Chunki 1998 yilgacha berilgan oliy toifalar qoldirilib, undan so‘ng oliy toifa olgan hamma o‘qituvchilardan ularning ish faoliyatini tahlil qilmasdan toifalari olib tashlangan.

“Vaholanki, oliy toifani olish uchun katta mehnat qilinadi. Masalan, oliy toifani olish uchun tibbiyot yo‘nalishida o‘rta maxsus ta'lim sohasida o‘quv adabiyotlari, o‘quv qo‘llanmalar, elektron kitoblar, o‘quv-uslubiy majmua va maqolalar tayyorlab, chop ettirish talab etilar edi. Biroq hozirgi kunda oliy toifasi olib tashlangan ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshlari va ularning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan e'tibor yetarli darajada emas”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, oliy va o‘rta maxsus ta'lim sohasida toifa berish tizimini qayta ko‘rib chiqish va oylik maoshlarni adolatli belgilash taklif qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: