Ko‘zlarning charchog‘ini qanday bartaraf etish mumkin?

Jamiyat 17:00 / 06.12.2019 28625

Bugun ko‘pchiligimizning ish faoliyatimiz bevosita smartfonlar va kompyuterlar bilan bog‘liq. Kechga yaqin ko‘zlar charchaydi, yoshlana boshlaydi, ko‘zlar ravshanligi pasayadi, ko‘zlarning qizarishi esa bizni go‘zal qilmasligi aniq. Bu ko‘zlarning kompyuterdan charchashidir. Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, bu holatdan gadjetlardan muntazam foydalanuvchilarning 70% dan ortig‘i aziyat chekar ekan. Keling bir ko‘rib chiqaylik: ko‘zlar charchaganda yordam beradigan vositalardan qaysi biri samaraliroq?

Ko‘zlarimizga qanday yordam berishimiz mumkin

Oftalmologlar astenopiyani (ko‘zlar charchashi sindromi) yangi «epidemiya» deb atamoqda: ofis xodimlari va maktab o‘quvchilarining 92% vaqti-vaqti bilan uning alomatlarini his qilishadi (ko‘p hollarda kompyuter bilan ishlagandan keyin). Ko‘zlar toliqishidan quyidagi alomatlar dalolat beradi: ko‘z oldini parda qoplaydi, buyumlar noaniq ko‘rinadi, yosh oqishi bezovta qiladi, ko‘zlarga qum kirib qolganday his paydo bo‘ladi, ko‘zlarning o‘tkirligi pasayadi. Muammoni keskin hal qilib, texnikadan ba'zida foydalanish – yechim emas. Ko‘zlarning charchog‘ini qanday bartaraf etish mumkin? Tibbiyot xodimlari kompyuter bilan ishlash qoidalariga amal qilishni va ish o‘rnini oqilona tashkillashtirishni maslahat beradi.

1-Qoida. To‘g‘ri ish maromini yaratish zarur. Kuniga umuman 6 soatdan ortiq va uzluksiz 1,5 soatdan ortiq monitor oldida o‘tirmaslik zarur (shu oraliqlarda o‘n besh daqiqalik tanaffuslarni qilish muhim).

2-Qoida. Qulay ish zonasini tashkil qiling. Monitorni ko‘cha chiroqlari yoki stol chirog‘ining shu'lasi tushmaydigan tarzda burib qo‘yish, kichikroq qiyalik hosil bo‘lishi uchun uning pastki chekkasini biroz chiqarish va ko‘zlardan 50-60 sm masofada joylashtirish kerak. Devorlari bir xil oq rangda bo‘lgan ofislarda ko‘zlar kuchliroq toliqadi, chunki ularda qarash mumkin bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Ofis devorlarining rang-barang bo‘lishi ko‘zlar uchun yaxshiroq hisoblanadi.

3-Qoida. Ish stolingizda ko‘zlar toliqishida yordam beradigan namlantiruvchi tomchilar tursin. Uni quyidagi mezonlarga qarab tanlang: ko‘zlar uchun fiziologik bo‘lgan tarkib, yaqqol namoyon bo‘ladigan namlantiruvchi samara, yoshning himoya xususiyatlarini tiklash qobiliyati. Agar Siz kontakt linza taqsangiz, unda tarkibida linzalarni shikastlashi mumkin bo‘lgan tajovuzkor konservantlari bo‘lmagan vositani tanlash lozim. Yana: ko‘zlarning charchashi va zo‘riqishida yordam beradigan uncha qimmat bo‘lmagan tomchilarni topishning iloji bor. Narx-sifatning optimal nisbati – yevropalik ishlab chiqaruvchilarning muhim xarakteristikalaridan biridir.

Ko‘zlar qichishganda va achishganda ularga qanday yordam berish mumkin

Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda sayyoramizning har beshinchi aholisi allergiyadan aziyat chekadi. Bu esa unga allergiyaning odatiy alomatlari – ko‘zlarning yoshlanishi, tumov, teri toshmalari, ko‘zlarning qichishishi va achishishi tanish ekanini bildiradi. Nega birinchi navbatda aynan ko‘zlar organizmga tushgan allergenlarga ta'sirchan bo‘ladi va buni qay tarzda bartaraf etish mumkin?

Allergiyaga chalinish holatlari toboro oshib borayotganiga turtki bo‘layotgan sabablar orasida olimlar quyidagilarni sanab o‘tadi: hayot sharoitlarining sterillanishi, kimyo sanoatining rivojlanishi (oziq-ovqat konservantlaridan tortib, to maishiy kimyoviy vositalargacha), ekologik vaziyatning yomonlashishi, kashandalik va stresslar. Uydagi chang, o‘simliklar changi (ayniqsa ambroziya giyohining changi), hayvonlarning juni, zamburug‘larning sporalari, dorilar, maishiy kimyo vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari eng keng tarqalgan allergenlar hisoblanadi. Ularning ba'zilar bilan, masalan, chang yoki dorilar bilan allergiyadan aziyat chekuvchi odamlar yil davomida, boshqalari bilan esa mavsumiy aloqa qiladi (o‘simliklar changi bahorda dolzarblik kasb etadi, zamburug‘lar sporalari esa – kuzgi spora hosil bo‘lish davrida).

Nega aynan birinchi navbatda ko‘zlar allergiyadan aziyat chekishi, xususan, og‘rishi, yoshlanishi, qizarishi, yallig‘lanishi fakti nima bilan bog‘liq? Hammasi juda oddiy – odatda, allergenlar havoda uchib yuradi, ko‘zlar va burun shilliq qavatlari esa – ularning organizmga tushishi uchun ochiq darvoza.

Ko‘zlar qizarishi, qichishishi, shishishining yana bir keng tarqalgan sababi – bu sifatsiz kosmetikaga reaksiya. Turli-tuman hid beruvchi moddalar va moylar qovoqlarga tekkanida ularning terisini ta'sirlantirishi mumkin, mana shuning uchun ham tekshirilgan kosmetika vositalarini va makiyaj tozalaydigan vositalarni xarid qilish, kosmetika vositalarining muddati o‘tib ketmaganiga e'tibor qaratish zarur.

Ko‘z allergiyasi asosan allergik kon'yunktivit ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, bunda ko‘zlar qizaradi, qichishadi, yallig‘lanadi, ko‘rish qobiliyati ravshanlikni yo‘qotadi. Bunday vaziyatlarda birinchi qoida – bu allergiya manbaini topish va uni bartaraf etish. Ko‘zlarning qichishishi va achishishining oldini olish ham juda muhim. Ko‘z muguz pardasi qanchalik quruq bo‘lsa, chang, allergenlar, bakteriyalarning organizm ichiga kirishi ham shunchalik yengil bo‘ladi. Shu bois allergiyaga moyil odamlar yonlarida namlantiruvchi tomchilar solingan flakonni olib yurgani ma'qul. Ular ko‘zlarning tabiiy namlantiruvchi mexanizmlarini oshiradi, ta'sirlanishdan xalos qiladi, qizarish va charchoqni oladi.

Tarkibi:

Natriy gialuronat, natriy xlorid, borat kislotasi, natriy tetraborat, dinatriyedetat, poligeksanid (PHMB), yuqori tozalangan suv.

Qo‘llanishi

SuperOptic HydroBalance RRN tomchilari samarador va davomiy namlovchi ta'sirga ega. Ko‘zlarda qurish, qizarish, toliqish hissi va kipriklar ostidagi qum hissida tezkor yengillik olib keladi. SuperOptic HydroBalance RRN tomchilari, ayniqsa, quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:

  • Chang, tutun, UB-nurlanish, issiqlik (markaziy isitish, sauna), konditsioner, shamol, kosmetik vositalar, xlorlangan suv kabi tashqi muhit qizartiruvchi omillarining ko‘zlarga ta'siri;
  • Teleko‘rsatuvlar, kitob o‘qish tufayli yoki uzoq muddat diqqatni jamlash, masalan, monitor ekranida davomiy ishlash, avtomobilni boshqarish va hk. kerak bo‘lgan shaxslarda ko‘zlarni ochib-yumish tez-tezligining kamayishi;
  • Ko‘z qurishi simptomi bilan og‘rigan shaxslar va 40 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarda ko‘z yoshlari miqdorining juda kamligi yoki ular tarkibining o‘zgarishi;
  • Kontakt linzalarni taquvchi shaxslar uchun.

SuperOptic HydroBalance RRN tomchilari istalgan turdagi kontakt linzalar taquvchi shaxslarda qo‘llanishi mumkin.

Sayt: www.superoptic.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: