«Ipak Yo‘li» va HUMO'dan supergadjetlar: xaridlar uchun to‘lov endi yanada tezroq!

Jamiyat 19:05 / 06.12.2019 8084

«Ipak Yo‘li» banki o‘z mijozlari uchun ajoyib sovg‘a – HUMO kartasidan kontaksiz to‘lovi evaziga braslet va stikerlarni yutib olish imkoniyatini taqdim etdi.

«Ipak yo‘li» banki har doim zamon bilan hamqadam bo‘lib, o‘z ishiga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga intiladi. Hozirgi davrning asosiy yo‘nalishlaridan biri – tovarlar va xizmatlar uchun kontaksiz to‘lov shakllarini joriy etishdir, bu mijozning vaqtini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Shuni hisobga olgan holda, «Ipak Yo‘li» banki o‘z mijozlari uchun super-aksiya o‘tkazmoqda. Shunday qilib, 2019 yil 6 dekabrdan 2020 yil 31 martgacha «Ipak Yo‘li» banki tomonidan chiqarilgan HUMO kartasining har bir egasi sovrinli o‘yinda qatnashib, ushbu kartadan kontaksiz to‘lovlarni amalga oshirish orqali 200 dona braslet va 200 dona stikerdan birini yutib olishlari mumkin. Buning uchun mijozga HUMO kartasi bilan kamida 25 000 so‘m miqdorida har qanday operatsiyani (bank mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish ham kiradi) amalga oshirish kifoya qiladi.

Muhim shart: 25 000 so‘m yoki undan ko‘proq miqdorda qanchalik ko‘p to‘lovlar amalga oshirilsa, sovg‘alarni yutib olish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi!

Tanlov natijalari har oyning 10-kuniga qadar (o‘tgan oy natijasi bo‘yicha) aniqlanadi. Uning natijalariga ko‘ra, 50 ta braslet va stikerlarning baxtli egalari ma'lum qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: