Prevyu. O‘zbekiston Toshkentda mag‘lub bo‘lmayapti, Saudiya 12 o‘yindan buyon safarda g‘alaba qozonmagan

Sport 15:00 / 14.11.2019 10491

Sababi aynan Vadim Abramov va Erve Renar shogirdlari o‘rtasidagi o‘zaro bahslarda guruh g‘olibi aniqlanishi kutilmoqda. Vakillarimizning g‘alabasi guruhdagi asosiy ta'qibchimiz Saudiyani 4 ochkoga ortda qoldirish imkoniyatini bersa, arablarning muvaffaqiyati peshqadamlikni ularga tortiq etadi.

 JCh-2022 saralash bosqich uchrashuvi.

«D» guruhi. 5-tur. 14 noyabr (payshanba)

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni

Toshkent, «Paxtakor» stadioni.

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

O‘yin boshlanish vaqti: 17:00.

TV-translatsiya: «Sport», «Saudi Spors HD»

 

 O‘zaro o‘yinlar tarixi: 11-to‘qnashuv

So‘nggi 10 yillikda Osiyoning top-10 terma jamoalari qatorida e'tirof etiluvchi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 1994 yildan buyon o‘zaro 10 marotiba uchrashishgan. Ushbu bahslarda vakillarimiz 4 marta g‘alaba qozongan bo‘lishsa, bir marta durang qayd etilgan. 5 uchrashuvda esa saudiyaliklar zafar qozonishgan.

Dastlabki g‘alaba 1994 yilgi Osiyo O‘yinlari doirasidagi 1-turda erishilgan. Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Sergey Lebedev, Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirinning gollari evaziga 4:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan so‘nggi g‘alabamiz esa Osiyo Kubogi-2015da erishilgan. Sardor Rashidov benefisiga aylangan uchrashuvda uning 2 va 80-daqiqalarda, Vohid Shodiyevning esa 71-daqiqadagi gollari yakunda jamoamiz g‘alabasini ta'minlagan.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi so‘nggi 5 uchrashuv:

22.07.2007. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 2:1.

26.03.2008. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 3:0

22.06.2008. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 4:0

09.10.2010. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston – 4:0

18.01.2015. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni – 3:1

 

O‘zbekiston t/jning so‘nggi 5 ta o‘yini:

05.09.2019. Falastin – O‘zbekiston – 2:0

09.09.2019. O‘zbekiston – Iroq – 0:0

10.10.2019. O‘zbekiston – Yaman – 5:0

15.10.2019. Singapur – O‘zbekiston – 1:3

09.11.2019. O‘zbekiston – Qirg‘iziston - 3:1

 

Saudiya Arabistoni t/jning so‘nggi 5 ta o‘yini:

10.08.2019. Iordaniya – Saudiya Arabistoni – 3:0

05.09.2019. Saudiya Arabistoni – Mali – 1:1

10.09.2019. Yaman – Saudiya Arabistoni – 2:2

10.10.2019. Saudiya Arabistoni – Singapur – 3:0

15.10.2019. Falastin – Saudiya Arabistoni – 0:0

 

O‘zbekiston mezbonlikda yutqazmayapti, Saudiya Arabistoni mehmonda yutolmayapti

Fakt: O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2018 yilning 11 sentabr kuni o‘rtoqlik uchrashuvida Eron terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi. O‘shandan buyon Toshkentda o‘tkazilgan 6 ta uchrashuvda vakillarimiz mag‘lubiyatga uchrashgani yo‘q.

Fakt: Caudiya Arabistoni so‘nggi marta safarda 2017 yilning 22 dekabr kuni Fors Ko‘rfazi kubogi doirasida Kuvayt terma jamoasini 1:2 hisobida mag‘lub etib qaytgan. JCh-2018 va Osiyo Kubogi-2019 final bosqichidagi uchrashuvlarini inobatga olmasak, Saudiya Arabistoni 2017 yilgi mehmondagi g‘alabasidan keyin safarda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmayapti.

Usmon Ibodov tayyorladi. 

Ko‘proq yangiliklar: