Manzil-koloniyadan qochgan shaxs qo‘lga olindi 

Jamiyat 16:55 / 14.11.2019 9302

Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyadan qochgan shaxs qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati IIBB xabariga ko‘ra, Romitan tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.G. Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida 13 noyabr kuni qo‘lga olingan. 

J.G. O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan.

Qochib ketgan mahbus 9 oktyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Jinoyatchi Samarqand viloyati IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: