Milliy tibbiyot markazida jigar transplantatsiyasi: singil akasiga hayot tuhfa qildi

Foto: Milliy tibbiyot markazi
Milliy tibbiyot markazining professor Azam Babadjanov boshchiligidagi tajribali transplantologlar jamoasi murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
40 yoshli singil uch yildan beri jigar sirrozi bilan og‘rigan akasining hayotini saqlab qolish maqsadida unga o‘z jigarining bir bo‘lagini bergan.
«Murakkab operatsiya yuqori aniqlik va professionallik bilan amalga oshirildi. Hozirda donor va bemorning ahvoli qoniqarli, shifokorlar ularning sog‘lig‘ini doimiy nazorat qilib bormoqda.
Milliy tibbiyot markazi transplantologlari ushbu yo‘nalishda o‘z tajribalarini muntazam takomillashtirib, og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarning hayotini saqlab qolish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda», deyiladi Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

19:44 / 15.01.2025
Milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

17:30 / 24.12.2024
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

18:38 / 19.12.2024
Milliy tibbiyot markazida noyob laparoskopik WHIPPLE amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

19:50 / 04.12.2024