Buxoro shahrida yashovchi S.M. va uning qayni K.T. o‘rtasida o‘zaro janjal yuz bergan.
«Postda» nashrining yozishicha, S.M. qo‘liga pichoq olib, qaynining qorniga sanchgan. Shifokorlarning sa'y-harakatlari tufayli K.T.ning hayoti saqlab qolindi.
Ayni paytda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Xalqimiz qarindoshchilikning mazmun-mohiyatini juda yaxshi biladi. U tufayli ko‘plab an'analar saqlanib, sayqal topyapti. Hatto hadisi sharifda ham qarindoshchilikni mustahkam davom ettirish ta'kidlab o‘tilgan», - deyiladi ma'lumotda.