O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 31 oktabr kuni og‘ir jarohatlar bilan «Çorlu Devlet Hastanesi» tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi.
Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng hamyurtimizning jasadi dafn qilish uchun vatanga yuborildi.
Marhumning ish joyi «Yıldız Taşlama» fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi.
Konsullik huquqiy departamenti marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildirgan.
Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkin.