Prezident kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni kimyo sanoatida 2025 yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda so‘nggi yillarda bu tarmoqda sezilarli o‘zgarish bo‘lgani, yangi texnologik zanjirlarni yaratish uchun investitsiyalarga keng yo‘l ochilgani bilan, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emasligi qayd etildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davlat rahbari mutasaddilarga hali ishlatilmagan imkoniyatlarni, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni aniq ko‘rsatib o‘tdi.
Masalan, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirib, kimyo korxonalarida qo‘shilgan qiymatni hozirgidan bir necha barobar oshirish mumkin.
Prezident bu boradagi kamchiliklarni qayd etib, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi.
Hukumatga tarmoqdagi muammolarni tezkor hal etish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.
Tarmoqdagi har bir korxonani raqamlashtirish, quvvatlardan oqilona foydalanish, energiya samaradorlikni oshirish va tannarxni kamaytirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
Mavzuga oid

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev: Uy-ro‘zg‘or ishlaridan ortib, ta’lim olayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari

19:13 / 07.03.2025