AQSh hukumati Amerikaning yirik ommaviy axborot vositalariga to‘lovlarni to‘xtatdi
AQSh davlat idoralarining yirik nashrlarga pullik obunalari bekor qilindi.

Foto: The New York Times
AQSh ijro organlari Amerikaning The New York Times (NYT), Politico va Associated Press (AP) gazetalariga pullik obunalarni bekor qilishni boshladi, deb xabar berdi Forbes.
Jumladan, AQSh Davlat departamenti AP uchun to‘lovni to‘xtatdi, AQSh g‘aznachiligi NYT obunasi uchun to‘lovni to‘xtatdi, NASA esa Politico xizmatlaridan bosh tortdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt 5 fevral kuni USAID tomonidan ommaviy axborot vositalari, jumladan Politico nashri uchun mablag‘ ajratilishidan xabar topganini aytdi. O‘tgan yili amerikalik soliq to‘lovchilar hisobidan 8 million dollardan ko‘proq pul nashrni subsidiyalash uchun sarflangan. «DOGE jamoasi hozir ushbu to‘lovlarni bekor qilish ustida ishlamoqda», dedi u.
Axios ta’kidlaganidek, faollar AQSh hukumati xarajatlari veb-saytidagi raqamlarni o‘rganib chiqdi va hukumat Politico nashriga 12 oy davomida 8,2 million dollar to‘laganini aniqladi. Qayd qilinishicha, nashr USAID tashkilotidan ham 24 ming dollar olgan.
Politico rahbarlarining aytishicha, kompaniya «hech qachon davlat dasturlari orqali mablag‘ yoki subsidiya olmagan» va uning obunachilarining aksariyati xususiy sektordan keladi.
2024 yil noyabrida Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni DOGE rahbari etib tayinladi. DOGE «har yili 6,5 milliard dollarlik davlat xarajatlarida mavjud bo‘lgan katta isrofgarchilik va firibgarlikni yo‘q qiladi», dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, departament Oq uyning budjet idorasi bilan hamkorlik qiladi va «maslahat va ko‘rsatmalar beradi».
Mavzuga oid

09:41
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

22:06 / 13.03.2025