Samarqandda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz va sifatli ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan avvalgi chiqishlarimizda viloyat hokimi E.Turdimov va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ bilan birga Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini tubdan o‘zgartirish va yangilash bo‘yicha bir qator ijobiy ishlarga qo‘l urgani, jumladan, elektr energiyasi uzatish sohasini to‘liq avtomatlashtirish va aholining debitor qarzdorliklarini bartaraf etish rejalashtirilayotganiga to‘xtalgan edik.
Viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga borganimizda ish jarayoni erta tongda dispetcherlarning axboroti va kechasi bo‘lgan avariylik holatlarining tahlilidan boshlanadi. Dispetcherlarning axborotini aynan korxona rahbari yoki bosh muhandis qabul qilishi shart ekan. Bunga sabab — avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish va tiklovchi brigadalar shayligini ta'minlashdan iborat ekan.
Soat 8:00 da qolgan ishchi-xizmatchilar yetib keladi. Kun davomida har bir xodim o‘ziga biriktirilgan ish va vazifalar bo‘yicha ishlarni tashkil qilib boradi.
Kuni-kecha viloyat hokimi rahbarligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangragan savollardan kelib chiqib, E.Turdimov tomonidan har bir soha bo‘yicha qilingan ishlar va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Jumladan, jamiyat tomonidan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga hamda 2022 yil bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha 31 banddan iborat chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, tarmoq jadvallari asosida belgilangan ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Samarqand shahrida amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan Samarqand shahrida yangi 35/10 kVli «Namozgoh» podstansiyasi qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. 35 kVli kabel elektr uzatish tarmoqlari olib kelingan. Podstansiyaning qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda 2,1 km uzunlikda 35 kVli kabel elektr uzatish tarmoqlari tashlandi, qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.
- Samarqand shahri Motrit qo‘rg‘onida 2018-2019 yillar 147 ta ko‘p qavatli uy joylarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 110/35/10 kVli 2x25000 kVA transformatorli yangi podstansiya qurish uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lib, loyiha smeta ishlari olib borilmoqda.
- Payariq tumani «Al-Buxoriy» mahallasi Xartang qishlog‘ining elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun ushbu hudud atrofida 110/10 kVli 2x25000 kVA transformatorli yangi podstansiya qurish loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, tegishli materiallarga buyurtma berildi.
- «Hazrati Xizr» majmuasi hududida joylashgan 110/6 kVli «Sharqiy» podstansiya rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tuzilib, buyurtmaga asosan elektr qurilmalari tayyorlandi. Elektr qurilmalar zavoddan olib kelinib, qurilish montaj ishlari olib borilmoqda.
- Samarqand shahrida 35/6 kVli «Sherdor» podstansiyasining loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi, loyihaga asosan elektr qurilmalarga buyurtma berildi. «ToshElektropparat» zavodida elektr qurilmalar tayyorlanmoqda.
- 6-10 kVli «RP-2», «RP-3» va «RP-Oqsaroy» taqsimlash qurilmalarini rekonstruksiya qilish ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlari «O'ZENERGOINJINIRING» AJ tomonidan tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, «Samarqand shahrida 2019–2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari» to‘g‘risidagi qarorga asosan 2019 yilda Samarqand shahrida 10 ta ko‘chani rekonstruksiya-modernizatsiya qilish ishlariga elektr energiya ta'minoti bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
Hozirgi kunda Samarqand shahrining Gulobod, Afrosiyob, O‘zbektrakt, U.Jo‘raqulov, Ro‘dakiy, Ibn Sino ko‘chalarida rekonstruksiya qilish ishlari hamda Samarqand tumanida joylashgan eshkak eshish kanali hududida barpo etilayotgan «Samarkand City» atrofidagi 0,4-10 kV elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinmoqda.
Ayni paytda Samarqand viloyati bo‘yicha jami 25 977,7 km masofada 6-10-0,4 kVli elektr tarmoqlari va 10260 dona transformator punktlari mavjud.
Jumladan:
2019/2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mukammal ta'mirlash rejasiga muvofiq 0,4-110 kVli 2840,55 km uzunlikda havo elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlaridan 753 dona, hamda 5 dona 35-110 kVli podstansiyalardagi kuch transformatorlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, har bir tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyaviy o‘chishlarni tezkor bartaraf etish uchun bittadan tezkor chiqish brigadasi tashkil etilib, brigada to‘liq himoya vositalari va "Damas" avtomashinasi bilan ta'minlangan. Jami viloyat bo‘yicha 24 ta (Samarqand shahrida 4 ta) tezkor chiqish brigadasi tashkil etilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatida 35-110 kVli podstansiyalarda ham joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar 45 ta podstansiyalarda joriy ta'mirlash ishlari bajarilib, kuz-qish mavsumiga tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2016 yil 23-noyabrdagi PQ-2661 sonli «2017–2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish to‘g‘risida» gi qaroriga asosan 2019 yilda jami 382,0 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 256 ta transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 20-fevraldagi PQ-4201 sonli «Obod qishloq dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy yilda 70,7 km elektr uzatish tarmog‘i va 42 dona transformator punktlarini rekonstruksiya-modernizatsiya qilish rejalashtirilib, bugunga qadar 102,0 km elektr uzatish tarmog‘i va 43 dona transformator punktlari rekonstruksiya-modernizatsiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 27-iyundagi PQ-3812 sonli «Obod mahalla» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy yilda 11,9 km elektr uzatish tarmog‘i va 6 dona transformator punktlarini rekonstruksiya-modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar 11,5 km elektr uzatish tarmog‘i tortildi va 6 dona transformator punktlari o‘rnatildi.
Samarqand viloyatidagi kichik sanoat zonalarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 17 dona transformator punktlari o‘rnatildi va 5,3 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlarini tortish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi.
Elektr tarmoqlarida ta'mirlash ishlarini sifatli bajarish maqsadida, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan 4 dona BM-205D rusumli zamonaviy burg‘ulash, yuk ko‘tarish va tashishga mo‘ljallangan yangi maxsus texnikalari «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJga berildi.
Qayd etish lozimki, oldingi chiqishlarimizda yoritganimizdek, elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) hozirgi kunda Samarqand shahrida o‘rnatilgan hisoblagichlarning 98 foizi dasturga ulanib, onlayn rejimda ishlamoqda. Albatta, bunday ishlarni amalga oshirish katta mablag‘ va sarf-xarajat talab etadi. Biroq, Samarkand viloyat hokimi va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati birgalikda bel bog‘lab ishlamoqda.
Shunday ekan, Samarqand viloyatida elektr energiyasi iste'molidan hosil bo‘lgan qarzlarini undirish, hududda elektr energiyasi sohasida yanada katta islohotlarni amalga oshirish juda muhim vazifa etib belgilanganiga amin bo‘ldik.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati