Jalaquduqda fuqarolarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan tugadi

Jamiyat 09:39 / 02.11.2019 5734

Joriy yilning 31 oktabr kuni soat taxminan 20:00 da fuqaro O.T. Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ittifoq ko‘chasida istiqomat qiluvchi, shu kuni uni haqorat qilgan Sh.X.ning yashash manziliga kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u o‘zaro kelishmovchilik sababli dastlab qo‘llari bilan Sh.X.ning yuziga, so‘ng o‘zi bilan olib kelgan xo‘jalik pichog‘i bilan uning chap biqin sohasiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida qonga o‘xshash dog‘lar bo‘lgan O.T.ning kiyimlari va bir dona pichoq xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Ushbu holat yuzasidan 2019 yil 1 noyabr kuni Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: