O‘zbekiston Respublikasining eski namunadagi pasportlarini yangi biometrik pasportga almashtirish uchun belgilangan muddat yakunlanishiga 2 oy, atigi 60 kun qoldi. Shu munosabat bilan O‘zR IIV MvaFRBB eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarini almashtirishga ulgurmagan fuqarolarga eslatma bilan chiqdi.
Ta'kidlanishicha, eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirishga ulgurmagan yoki o‘z muddatida almashtirmagan fuqarolarga O‘zR Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan 3 baravari miqdorigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.