O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yil 29 oktyabrning erta tongida Perm-Yekaterinburg yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda hamyurtimizning jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Chelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.