Bugun, 30 oktabr kuni, soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahrining Chilonzor va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” xabariga ko‘ra, Chilonzor tumanining Ye-mavze hududiga qarashli 6 kVli 1986-sonli transformator punktida mukammal ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida tumandagi 1/36–sonli maktabgacha ta'lim muassasasida va 9, 10, 9A, 5, 6 – sonli ko‘p qavatli aholi turar joy binolarida soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.
Shuningdek, Olmazor tumanidagi 0,4 kVli 426 hamda 4120-sonli transformator punktlariga qarashli “Qo‘shtut” mahalla hududidagi “Lentochniy” va “Ulug‘” ko‘chalarida temir beton ustunlarni o‘rnatish ishlari olib borilishi sababli aholi turar joylarida ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘ralgan.