Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori tayinlandi

Illyustrativ foto
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Obid Orziqulovich Hakimov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining direktori etib tayinlandi.
Obid Hakimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar prezident administratsiyasi Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish sektori mudiri bo‘lib ishlagan.
O. Hakimov 1977 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent moliya institutini, 2000 yilda Vanderbilt universiteti (AQSh) va 2006 yilda Midl Tennessi davlat universitetini (AQSh) tamomlagan.
O‘z vaqtida u Toshkentdagi Vestminster xalqaro universitetida iqtisodiyot masalalari bo‘yicha prorektor va Davlat boshqaruvi akademiyasida prorektor bo‘lib ishlagan.
2017-2018 yillarda prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati sektor mudiri bo‘lgan.
Avvalroq, davlat rahbarining 3 oktyabrdagi farmoni bilan Iqtisodiy tadqiqotlar markazi Prezident devoni huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi etib o‘zgartirilganligi xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida issiq kuchayadi
O‘zbekiston | 15:38
-
Germaniyalik er-xotin Kaliningrad yaqinida suvosti kemasini ko‘rganini xabar qildi
Jahon | 15:30
-
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC
Jahon | 15:14
-
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:12
Mavzuga oid

21:12 / 06.12.2023
Obid Hakimov: JSTga qo‘shilish aholi farovonligini sezilarli oshiradi

12:34 / 04.09.2021
«Mozori Sharif-Kobul-Peshovar» temir yo‘lining qurilishi O‘zbekistonga yuk tashish xarajatlarini 3 barobar qisqartiradi» – Obid Hakimov

13:11 / 01.09.2021
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida amalga oshirilmagan savdo salohiyati 1,1 mlrd dollarga baholandi

11:14 / 01.09.2021