Obid Hakimov: JSTga qo‘shilish aholi farovonligini sezilarli oshiradi

Iqtisodiyot 21:15 / 06.12.2023 13951

“Savdo liberallashtirilgan holatda 0,4-0,5 foiz iqtisodiy o‘sishga, farovonlikni esa 0,9-1,0 foiz darajasida oshirishga erishish mumkin”, – deya uning so‘zlarini keltirmoqda markaz matbuot xizmati.

Obid Hakimov 4 dekabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan “Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash: O‘zbekiston nuqtayi nazari” mavzusidagi brifingda bu borada so‘z yuritgan.

Hakimovga ko‘ra, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish tarafdori va ayni paytda savdo hamkorlarini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda.

“Aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan import bojlarini liberallashtirish izchil davom etayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida ham islohotlar amalga oshirilmoqda, bu yo‘nalishda O‘zbekiston JST normalari va standartlariga moslashmoqda, shu jumladan, notarif savdo to‘siqlarini qayta ko‘rib chiqmoqda”, – dedi Obid Hakimov.

U o‘z so‘zida O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 yil ichida 53 mlrd dollardan 2022 yilda 82 mlrd dollarga o‘sgani, aholi jon boshiga YaIM hajmi esa 2018 yildagi 1 604 dollardan 2022 yilda 2 255 dollarga ko‘tarilganini qayd etdi.

Shuningdek, investitsiyalar oqimi 2017 yildagi 3,3 mlrd dollardan 2022 yilda 9,8 mlrd dollargacha oshdi. Eksport hajmi 2017 yildagi 12,6 mlrd dollardan 2022 yilda 19,3 mlrd dollargacha ko‘paydi. Eksport qilinayotgan mahsulotlar turlari 1,5 mingtadan 3 mingtaga, eksport geografiyasi – 139 mamlakatdan 164 mamlakatga yetdi, tayyor mahsulotlar eksporti ikki baravar ko‘paydi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdo hajmi 2,6 baravarga – 2016 yildagi 4,2 mlrd dollardan 2022 yilda 11 mlrd dollarga oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 5 baravarga ko‘paydi, deya ta’kidladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori.

Ko‘proq yangiliklar: