Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mozori Sharif-Kobul-Peshovar» temir yo‘lining qurilishi O‘zbekistonga yuk tashish xarajatlarini 3 barobar qisqartiradi» – Obid Hakimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Toshkentda Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi doirasidagi anjumanda Markaziy Osiyoda xalqaro transport infratuzilmalarining ahamiyati va bu boradagi ishlarni kengaytirish masalalari haqida fikr bildirdi.

Foto: KUN.UZ
«Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro transport infratuzilmasi va transport yo‘laklarini birgalikda yaratishdan manfaatdor. Bu mintaqa mamlakatlariga eksport mahsulotlarini yetkazib berishdagi transport xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Bunday loyihalardan biri mintaqa mamlakatlariga Pokistonning Karachi, Qosem va Gvadar dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beruvchi «Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar» temir yo‘lining qurilishi bo‘lishi mumkin. Bu Janubiy Osiyo temir yo‘l tizimini Markaziy Osiyo va Yevrosiyo bilan bog‘laydi, bu esa mintaqaning tranzit salohiyatini oshiradi. Masalan, loyiha to‘liq amalga oshsa, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish muddati 35 kun emas, balki 3-5 kunni tashkil etadi. Shuningdek, 20 funtlik logistika tashish narxi deyarli 3 barobarga kamayishi mumkin. Shu bilan birga, prognozlarga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
Transport sohasidan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr energiyasi va tabiiy gaz eksporti bo‘yicha global zanjirlarda qatnashishdan manfaatdor.
Masalan, Qirg‘iziston va Tojikiston Afg‘oniston orqali Pokistonga 5 milliard kVt/soat elektr energiyasini yetkazib berish uchun elektr uzatish liniyasini qurishni ko‘zda tutuvchi «SASA-1000» xalqaro loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning umumiy qiymati 1,1 milliard dollarga baholanmoqda», — deya ta’kidladi Obid Hakimov.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

18:32
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

19:04 / 18.07.2025
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yuk poyezdi yo‘lga chiqdi

11:14 / 21.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

17:53 / 17.04.2025