Forbes dunyoning eng yaxshi ish beruvchilari reytingini taqdim etdi

Jahon 20:11 / 19.10.2019 10052

Forbes talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi ish beruvchilari ro‘yxatidan jami 500 ta kompaniya joy olgan. Google’ga tegishli bo‘lgan Alphabet uch yildan buyon reytingda birinchi o‘rinni egallamoqda. Undan keyingi o‘rinda esa Microsoft joylashgan. Joriy yilda IBM tomonidan 34 milliard dollarga xarid qilingan ochiq dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi Red Hat ilk bor uchinchi o‘rindan joy oldi. 

Reytingning to‘rtinchi o‘rnida Apple kompaniyasi qayd etildi. Germaniyaning softver giganti SAP 43 o‘ringa ko‘tarildi va beshinchi o‘rindan joy egalladi. Costco Wholesale, Contemporary Amperex Technology, Cisco Systems kompaniyalari mos ravishda reytingning 6,7,8-o‘rinlarida qayd etildi. Finlyandiyaning yoqilg‘i va gaz sohasida faoliyat yurituvchi Neste kompaniyasi 9-, AQShning Amazon kompaniyasi esa 10-o‘rindan joy oldi.

Dastlabki ilk o‘rinlarni texnologik kompaniyalar egallagan bo‘lsa-da, ro‘yxatdagi tashkilotlar orasida moliya va bank kompaniyalari ko‘p. Masalan, reytingdan 52 ta mintaqaviy bank joy olgan. 

Qanday hisoblangan?

Reytingga Forbes’ga may oyida taqdim etilgan Global 2000 ro‘yxati asos bo‘lgan. Unga dunyoning 2000 ta yirik ommaviy kompaniyalari kirgan. Reytingni tuzuvchilar ana shu tashkilotlardagi 1,4 million xodim o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ish beruvchilarni baholashni so‘rashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: