Erdo‘g‘an kurdlarga ultimatum qo‘ydi
Turkiya yetakchisi kurdlar xavfsizlik hududini tark etishi uchun oz vaqt qolayotganini eslatdi. Aks holda turk harbiylari o‘z operatsiyalarini davom ettirishadi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda Anqara va Vashington o‘rtasida erishilgan kelishuv bajarilmaydigan bo‘lsa, turk armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi operatsiyasini davom ettirishini ma'lum qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Uning eslatishicha, kelishuvga ko‘ra, terrorchilar 120 soat ichida xavfsizlik hududini tark etishi shart.
«Bugun ikkinchi kun. Seshanba kechqurun muddat nihoyasiga yetadi», — dedi Turkiya yetakchisi.
«Agarda kelishuv bajarilmaydigan bo‘lsa, 120 soat yakuniga yetganidan so‘ng operatsiyani va terrorchilarning boshini uzishni davom ettiramiz», — dedi Erdo‘g‘an.
Sal avval Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar shunga o‘xshash bayonot bergandi.
«Biz operatsiyani besh kunga to‘xtatdik. Terrorchilar bu vaqt ichida xavfsizlik hududidan ketishi kerak. Agar bu yuz bermasa, operatsiyani davom ettiramiz», — dedi Akar.
Mavzuga oid

21:40 / 04.02.2025
Suriyaning yangi rahbari Erdo‘g‘an bilan uchrashuvga yo‘l oldi

17:15 / 12.01.2025
Erdo‘g‘an yana bir prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yishini istisno etmadi

16:28 / 08.01.2025
Yangi Suriyada terrorchi tashkilotlarga o‘rin yo‘q – Erdo‘g‘an

20:48 / 25.12.2024