AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyaning Manbij shahrini tark etdi

Jahon 19:06 / 15.10.2019 7902

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya shimolidan qo‘shinlarni olib chiqib ketmoqda, ular Manbijni tark etishdi, deb xabar qildi koalitsiya vakili polkovnik Mayls Kaggins.

"Koalitsiya kuchlari Suriya shimoli-sharqidan olib chiqib ketilmoqda. Biz Manbijni tark etdik", - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Manbij shahrini so‘nggi paytga qadar Amerika qo‘shinlari qo‘riqlayotgan, kurdlar esa nazorat qilib kelayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib chiqarish uchun Suriya shimoli-sharqida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasini boshladi. Turkiya aviatsiyasi o‘sha kuni ikki davlat chegarasidagi Ras-al-Ayn va boshqa shaharlarga zarba berdi. Keyinroq esa yerusti operatsiyasi boshlanganligi e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: