Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirish shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo‘lish qat'iy taqiqlangan va jinoiy javobgarlik belgilangan. Biroq bu kabi qonunbuzilish holatlari hamon uchramoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/4/zbYPlEAWYfvEIGnZ4V4A7FLd03sFPxfS.jpg)
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan H.O. ismli shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, mazkur fuqaroga tegishli hamyon ichidan rangsiz sellofanga o‘ralgan sof og‘irligi 1,5 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi topildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.