O‘zbekiston va Malayziya muhim resurslar sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekiston Malayziyaning uchta yetakchi kompaniyasi bilan muhim minerallar sohasida qo‘shma loyihalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Malayziya muhim minerallar sohasida loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Malayziya iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldiradi, bu elektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasida sanoat kooperatsiyasi uchun imkoniyatlar ochadi.
Vazirlik rahbari O‘zbekiston muhim minerallar va resurslarning ulkan zaxiralariga ega ekanligini ta’kidladi, bu esa «sanoatni rivojlantirishning yangi bosqichiga o‘tish, yarimo‘tkazgichlar uchun komponentlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish» imkonini beradi.
«Biz Malayziyaning uchta yetakchi o‘yinchilari bilan yuqori tozalikdagi monokristall va polikristall kremniy, shuningdek, o‘ta toza grafit ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yaratishni nazarda tutuvchi kelishuvlarga erishdik. Oxirgisi nafaqat yarimo‘tkazgichlar sanoatida, balki yadro energetikasida, kosmik sohada ham qo‘llaniladi,» — dedi u.
Malayziya kompaniyalari bilan hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyoti va mahalliy korxonalarni rivojlantirishning yangi bosqichiga olib chiqadi, dedi vazir.
Mavzuga oid

08:13 / 27.02.2025
1 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

10:12 / 22.02.2025
Uch hududda 530 mln so‘mdan ortiq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi

16:52 / 17.02.2025
Malayziyada ayol oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti

16:35 / 07.02.2025