Farg‘onada «Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida beshta muhim tashabbusni tatbiq etish» mavzusida o‘quv seminarlari o‘tkazildi

Jamiyat 17:07 / 05.10.2019 3390

O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta'lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'minlash maqsadida Vazirlar mahkamasining 2019 yil 18 may kungi 418-sonli qarori bilan Respublikadagi 97-pedagogika kollejlari Maktabgacha ta'lim vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

Farg‘ona viloyatida ham xuddi shunday 14 ta pedagogika kollejlari faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yilning 5 oktabr kuni viloyatdagi barcha pedagogika kollejlarida «Maktabgacha ta'lim ta'lim tashkilotlarida beshta muhim tashabbusni tatbiq etish» mavzusida o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga hurmat, mustaqillikka shukronalik, jamiyatdagi jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda yoshlarimizni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalarini ta'lim tizimiga tatbiq etishga alohida urg‘u berildi.

O‘tkazilgan seminar jarayonlarida tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limlari tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan ishtirok etgan pedagog-tarbiyachilar 5 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. Ularga moderatorlar tomonidan 5 ta muhim tashabbusning mazmuni mohiyati, maktabgacha ta'lim tizimida o‘tkaziladigan ta'lim jarayonlariga ushbu tashabbusni tatbiq etish amaliy ko‘rgazmali chiqishlar orqali ko‘rsatib berildi.

Beshta muhim tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ijobiy natijasini ko‘rib, yurt taqdiriga o‘zini daxldor deb bilgan har bir inson ko‘nglida yaratuvchanlik ishtiyoqi, shijoat tuyg‘ulari ortmoqda.Madaniyat va san'atga, sportga, kitobga oshno bo‘lib ulg‘aygan yoshlar buyuk ajdodlarimiz kabi ilm-ma'rifat, madaniyat va san'at borasida dunyodagi tengdoshlariga namuna bo‘lishiga hech shubha yo‘q.

«Maktabgacha ta'lim jarayonlariga beshta muhim tashabbusni tatbiq etish» mavzusida o‘tkazilgan bunday o‘quv seminarlari kelgusida maktabgacha ta'lim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, ta'lim va tarbiyaning ilg‘or texnologiyalarini o‘zlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlashga va ular olgan bilim va tajribalari ta'lim tizimida bolajonlarga bilim va ko‘nikmalar berilishida katta tajriba bo‘ladi.

Farg‘ona viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi

Ko‘proq yangiliklar: