Ikki viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekiston 11:10 799

«O‘zgidromet» agentligi 8–12 fevral kunlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.

Ko‘proq yangiliklar: