Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyingi haftada ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda
23−25 mart kunlari O‘zbekistonga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Yomg‘ir yog‘adi va ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shuningdek, 23-27 mart kunlari respublikaning 9 ta viloyati tog‘ va tog‘ oldi tumanlarida kutilayotgan yog‘inlar ortidan sel-suv toshqin xavfi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
23–25 mart kunlari respublika bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda, O‘zbekistonga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.
23–24 mart kunlari shamol tezligi ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin +12…+17 darajagacha pasayadi.
Shuningdek, 23–27 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suvtoshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchifuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlardaharakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralariniko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:21 / 16.07.2025
Davomli jazirama kunlar kelyapti

15:38 / 14.07.2025
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

14:00 / 08.07.2025