Joriy yilning 29 sentyabrida bizning bankimiz 18 yoshga to‘ldi – bu umume'tirof etilgan voyaga yetganlik yoshi hisoblanadi. Ajoyib sana munosabati bilan bankimiz mijozlariga sovg‘alar hozirladik – VISA xalqaro to‘lovlar tizimining yangi mahsulotlarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Bular Classic, Gold, Platinum va Infinite kartalaridir.
Tan olish kerak, VISA tizimi bugungi kunda respublikamizda kuchli rivojlangan infratuzilmaga ega emas. Ammo u eng ommabop tizimlardan biri ekanligi shubhasiz. VISA kartalari yordamida dunyoning barcha burchaklarida xaridni amalga oshirish mumkin, bu tizim deyarli hamma davlatlarda ishlaydi.
Bugungi kunda iqtisodimiz jadal rivojlanmoqda, bunga asos bo‘layotgan o‘zgarishlarni chetdan turib ham, o‘zimizda kuzatib ham sezish mumkin. Iqtisodiyot rivojlanishi ortidan xalqimiz daromadi va farovonligi ham oshib boradi.
«Davr Bank» mijozlari xorijga ko‘proq sayohat qiladilar va bu safarlarda ularga xalqaro kartalar kerak bo‘ladi. Yangi kartalarni taqdim etarkanmiz, biz birinchi navbatda o‘z mijozlarimiz, ularning ehtiyojlari haqida o‘yladik. Bu kartalar dunyo bo‘ylab xavfsiz va qulay sayohat uchun ko‘mak beradi.
Biz VISA tizimidagi O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan mahsulot – VISA Infinite kartalarini taklif etayotganimizdan mamnunmiz. Chunki ular konserj servis, dunyo bo‘ylab biznes zallarga kirish imkoniyati, xorijga chiquvchilar uchun kengaytirilgan sug‘urtadan foydalanish kabi xizmatlarni o‘zida jamlagan.
«Davr Bank» VISA Gold va VISA Platinum kabi mahsulotlarni taqdim etarkan bu kartalarning dunyoviy nufuzini hisobga oldik. Bu yilning to‘rtinchi kvartalidayoq kartalar yordamida konserj servis, xorijga chiquvchilar uchun sug‘urtadan foydalanish mumkinki, bu respublikamizda mazkur turdagi mahsulotlar taqdim etishda noyob usuldan darak beradi.
«Davr Bank» taklif etayotgan VISA kartalar yordamida bank mijozlari xaridlarni komissiya va foizlarsiz amalga oshirishlari mumkin. Bu ham xalqaro kartalarni tarifikatsiyalashda butunlay yangicha yondoshuvdir.
O‘z mahsulotlarini taqdim qilarkan «Davr Bank» mijozlari, xizmatlari ular uchun qulay bo‘lishi haqida qayg‘uradi.
«Davr Bank» matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida