Toshkent viloyatida piyodalar ishtirokidagi YTH oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Jamiyat 17:41 / 04.10.2019 2407

Toshkent viloyati shahar-tumanlari hududlarida piyodalar ishtirokidagi YTHning oldini olish hamda serqatnov yo‘llar va chorrahalarda piyodalar uchun belgilangan joylardan yurishlarini tartibga solish maqsadida “Diqqat piyoda!” profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning shu davrigacha piyodalar ishtirokida 317ta yo‘l YTH sodir bo‘lgan. Ularining 38% aynan piyodaning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida kelib chiqqan. 47ta holatda esa piyoda mast holatda bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.

Tadbirda davomida qoidabuzarlik sodir etganligi aniqlangan fuqarolarga nisbatan, tushuntirish ishlari olib borilib, ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Kun mobaynida Toshkent viloyati YPX inspektorlari tomonidan piyodalarga nisbatan 296 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga ko‘ra 277 ta fuqaroga nisbatan jami 22 million 76 ming 10 so‘m jarima mablag‘lari belgilandi.

Qoidabuzar piyodalarni tuman-shaharlar kesimida tahlil qilinganda, ko‘pgina qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda. Ya'ni, Bekobod tumani 34 ta, Nurafshon shahar 29 ta, Chirchiq shahri 27 ta va Oxangaron shahrida 22 taga.

Ko‘proq yangiliklar: