Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi 

Jamiyat 23:33 / 04.10.2019 21673

Olmaotada O‘zbekiston fuqarosi jasadi topildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligi ma'lumotlariga ko‘ra, jasad 4 oktyabrda Olmaota viloyatining Talgar tumanidagi qurilayotgan uylardan birida topilgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Bosh konsullik vaziyatni o‘z nazoratiga oldi, mahalliy huquq-tartibot idoralari bilan aloqani qo‘llab-quvvatlamoqda va jasadning O‘zbekistonga olib chiqilishi bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda”, deb aytilgan xabarda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: