Zangiotadagi qariyb 500ta xonadon gazsiz qoldi. «Obod qishloq» dasturi doirasidagi ishlar vaqtida gaz quvuriga shikast yetkazilgan 

Jamiyat 11:07 / 30.09.2019 4880

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi qariyb 500ta xonadon gaz ta'minotisiz qoldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, tumandagi "Turkiston" MFY va "Bog‘ishamol" MFY hududida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan yer qazish ishlari vaqtida yer ostidagi gaz quvuriga shikast yetkazilgan. 

Natijada, mazkur hududdagi jami 492ta aholi xonadonida 2019 yil 30 sentabr soat 10:00 dan boshlab nosozlik bartaraf etilgunga qadar tabiiy gaz ta'minoti tezkor ravishda vaqtincha to‘xtatildi.

“Yuqoridagi noqulaylik uchun aholidan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: