Ma’muriy sudga kelmaganlik uchun jarima qo‘llanadi

O‘zbekiston 12:40 1173

Prezident tomonidan «Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Endilikda:

  • davlat organi qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizlik) ustidan berilgan arizani ma’muriy sudlarda ko‘rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili zarur tushuntirishlar berish uchun sud muhokamasida ishtirok etishi shart hisoblanadi;
  • davlat organi mansabdor shaxsi yoki uni taqdirda, mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasi qo‘llanadi.

Ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshitish instituti ham joriy etilmoqda, unda arizachining talablari aniqlanadi va arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Dastlabki eshitish muddati 20 kun.

Bundan tashqari, sudga hurmatsizlik va uning ajrimlarini bajarmaslik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilganda, ma’muriy sud ishni mustaqil ravishda ko‘rib chiqishi mumkin.

Shuningdek, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

2025 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yekti soliq qoidabuzarliklarini tan olganida, soliq organi tomonidan uning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish tartibi joriy etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: