Ozarboyjon Bokudagi Rossiya uyini yopilishi haqida xabardor qildi

Jahon 12:38 2261

Xorijda rus madaniyatini targ‘ib qiluvchi va, xususan, Bokudagi Rossiya uyi (rus madaniyat markazi)ni boshqaradigan Rossotrudnichestvo federal agentligi Ozarboyjon hukumatidan faoliyati to‘xtatilgani haqida rasmiy bildirishnoma oldi, deb xabar berdi Report.az mahalliy nashri 6 fevral, payshanba kuni manbalarga tayanib.

«Ozarboyjonning o‘zi donorga aylandi va tashqi yordamga muhtoj emas, ayniqsa, agar u noaniq sxemalar asosida va tuzilmasi aniq razvedka xarakteriga ega bo‘lgan tashkilotlar orqali taqdim etilsa», — deya izohladi nashr manbalari. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ga nisbatan ham xuddi shunday qaror qabul qilingan.

Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi Bokudagi Rossiya uyi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli faoliyatini to‘xtatishga chaqirganini ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya uyi bilan «vaziyatni hal qilish ustida ishlamoqda», dedi Primakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uyi ijaraga olgan binolarni bir yarim oy ichida bo‘shatishga majbur bo‘ladi, chunki egasi uni zudlik bilan sotish niyatini e’lon qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: