Toshkentda YUNISEF ko‘magida vaksinalarni saqlash uchun zamonaviy obektlar ishga tushirildi

Jamiyat 17:53 / 30.09.2019 3330

Bugun, 30 sentabr kuni – YUNISEF tomonidan vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan obekt Sog‘liqni saqlash vazirligining Toshkent shahri bo‘linmasiga topshirildi. Mazkur yangi qurilmalar vaksinalarning sifatli boshqaruvini ta'minlashga yordam beradi. 

Yangi ombor bir yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashga mo‘ljallangan 20 ming litr hajmdagi vaksinalarni saqlash imkonini beradi. Ichiga kirib yurish mumkin bo‘lgan sovutkich kameralari vaksinalar sifatini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan Tselsiy bo‘yicha plyus 2-8 daraja haroratni doimiy ravishda ta'minlab turadi. 

Global miqyosdagi ma'lumotlarga ko‘ra, vaksinalar yordamida 5 yoshgacha bo‘lgan deyarli 3 million bolani o‘lim xavfidan saqlab qolish mumkin. Immunizatsiya kelgusi avlodlar uchun aholi sog‘lig‘ini saqlashga qilingan eng muvaffaqiyatli va iqtisodiyot jihatidan foydali investitsiyalardan hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: