Toshkentda maishiy texnika va elektronikaning o‘zgacha formatdagi "Idea" do‘koni ochildi

Jamiyat 13:29 / 30.09.2019 19419

28 sentabr kuni Toshkentning eng serqatnov ko‘chalaridan birida «Idea» maishiy texnika va elektronika tarmog‘ining birinchi do‘konining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 600 kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan do‘konda uy va xonadonlar, ish va dam olish uchun mashhur savdo brendlari tomonidan ishlab chiqilgan maishiy texnika va elektronika mahsulotlari joy olgan. 

Bu voqelik mehmonlarni faqatgina mahsulotlarni bayramona bonuslar bilan xarid qilish va sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etish bilangina emas, ulkan unutilmas taassurotlarni hadya qildi. Tashkilotchilar, raqqoslar chiqishi va quvnoq musiqa jo‘rligida brendning ko‘plab yutuqli o‘yinlar va sovg‘alar taqdim etilgan ulkan ochilish marosimi taqdimotini o‘tkazdi. Albatta, ramziy qizil tasmani tantanali kesishsiz ochilish marosimini tasavvur qilish mushkul. Biroq, tashkilotchilar bunga ham ijodkorlik bilan yondashishdi. ON so‘zlari bitilgan qizil tugmachani bosish do‘kon eshiklari ochilishiga sabab bo‘ldi. Bu bilan «Idea» jamoasi, shubhasiz, ular texnikalar haqida barcha narsadan ham ko‘proq bilishlarini namoyish qilishdi. 

 

«Idea» - bu nafaqat navbatdaggi maishiy texnika va elektronika do‘koni emas, u birinchi navbatda xaridorlarga mahsulotlarni ortiqcha ovoragarchiliksiz muddatli to‘lov asosida sotib olish imkonini berishga mo‘ljallangan do‘kondir. Chunki, bu yerda bank orqali muddatli to‘lovni rasmiylashtirishni ortiqcha tashvishlar va hujjatlarsiz amalga oshirish va istagan mahsulotni sanoqli daqiqalarda xarid qilish mumkin. Do‘konning asosiy konsepsiyasi «bir hujjat, bir narx, bir Idea» qoidasiga asoslanadi. Eng yangi bank mahsulotlar, xususan, muddatli to‘lov kartochkalarini taqdim etishga tayyor bo‘lgan mahalliy banklar bilan qalin hamkorlik ishlari olib borilyapti. Bugungi kunda do‘konda boshlang‘ich to‘lovsiz 6 va 9 oyga muddatli to‘lovni rasmiylashtirish mumkin. Qisqa muddatda 12 oyga (0-0-12) rasmiylashtirish boshlanadi. 

Bundan tashqari, do‘kon a'lo darajadagi muhitga ega bo‘lib, yorqin va yodda qoluvchi dizaynda jilolangan. Qolaversa, har doim mijozga to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishda yordam berishga shay xodimlar ajoyib malakaga egaligi ko‘zga tashlanadi. 

«O‘zbekiston maishiy texnika va elektronika bozori katta va do‘konlar ko‘p. Iste'molchilar istaganidan tanlay oladi. Do‘konimiz faoliyatida biz, birinchi navbatda, muddatli to‘lov bozorining muammoli jihatlariga, shu jumladan, haqiqatda sodda va shaffof, ya'ni ortiqcha raqamlarsiz, hamma joyda bir xil narxli muddatli to‘lovni taqdim etish jihatlariga e'tibor qaratdik. Mijozlar uchun ortiqcha murakkab hisob-kitoblarsiz; bankka qayta-qayta borish talab etilmaydi. Barcha zaruriy hujjatlar do‘konning o‘zida rasmiylashtiriladi, shuningdek, haqiqatda mijozlar bilan ishlay oladigan, o‘z mahsulotini ipidan-ignasigacha biladigan hamda o‘z mijozini tinglay oladigan malakali va iqtidorli xodimlarni tanlab, o‘qitdik. Biz xaridorlarimizga yetishmayotgan qulaylik va shinamlikni yaratishga harakat qildik. 

Iste'mol talabi doimiy ravishda ortib borayotgan hozirgi kunda, insonlar har sohada va har yerda ulgurib qolishga urinayotgan axborot texnologiyalari va modernizatsiya asrida, muddatli to‘lov maishiy hayotning ajralmas qismiga aylandi. Mahsulotni shu yerda va aynan hozir xarid qilish imkoniyati, uning uchun esa o‘z budjetingizga ziyon yetkazmasdan asta-sekin to‘lab borish juda qulay va ko‘pchilik tomonidan talabgirdir. Biz esa, o‘z navbatida, ularga bunda ko‘mak berishga va mijozlarimiz hayotini yengil va yorqinroq qilishga harakat qilamiz» - deya hikoya qildi IDEA CONCEPT GROUP bosh direktori Jamshid Rahimberdiyev.    

 Poytaxt aholisi va mehmonlari yangi do‘konni xursandchilik bilan qarshi olishdi. Do‘kon vakillari, tez orada, mijozlarini yanada ko‘proq yangi takliflar va yutuqli o‘yinlar bilan xursand qilishga va'da qilishdi. Bu kabi tadbirlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tizimli ravishda o‘tkaziladi. 

Kecha dinamik sur'atdagi musiqalar hamda tantana mehmonlarining tabrik va qutlovlari bilan yakunlandi.

Telegram: t.me/ideastore_uz

Instagram: instagram.com/ideastore.uz

Facebook: facebook.com/ideastore.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: