O‘zbekiston fuqarolariga Polsha universitetidan yangi taklif

Jamiyat 19:00 / 30.09.2019 17456

Bu xizmat turini «Qutqaruv doirasi» (Spasitelnyy krug) deb nomladik, bunga sabab:

  • Polyak yoki ingliz tilini bilmaydigan, ammo Yevropada xususan Polshada ta'lim olishni istovchilarga;
  • Polshada ta'lim olish imkoni yo‘q, ammo ta'lim olishni istovchilarga;
  • Ish o‘rni va boshqa sabablarga ko‘ra uyidan uzoqda ta'lim olish imkoniyati yo‘q fuqarolarga(Voyaga yetmagan shaxslarga);
  • Kirish imtihonlarida yetarlicha ball to‘play olmagan abituriyentlarga Yevropa universtitetida ta'lim olish imkonini yaratadi.

Universitetimiz haqida qisqacha ma'lumot

Polshaning Vrotslave shahridagi «Bank oliy maktabi» («Vysshaya bankovskaya shkola» vo Vrotslave) – quyi Selezn hududidagi yirik universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetimizda 53 ta mutaxassislik bo‘yicha 17000 dan ziyod talabalar tahsil olmoqdalar. Universitetimiz turli mamlakatlardan kelgan talabalarga mehmondo‘stligi bilan mashhur bo‘lgan. Bizda darslar ish beruvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, kam ma'ruza va asosan tajriba darslari asosida olib boriladi. Universitetimizdagi ta'lim grafigi ishlab o‘qishni istovchi talabalarga keng yo‘l ochib, talabalarga olayotgan bilimlarini haqiqiy ish jarayonida qo‘llash imkonini yaratadi. Misol uchun, beshinchi semestrda talabalar haftada faqat bir kun universitetda ta'lim oladilar. Bundan tashqari universitetimiz bir nechta dasturlar va rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bu o‘z o‘rnida bitiruvchilarga ish bilan ta'minlanish imkoniyatini yaratadi.

Alohida ta'kidlash lozim bo‘lgan yana bir jihat: universitetimiz 50 dan ziyod universitetlar bilan hamkorlik kelishuviga ega. Bu universitet talabalariga ERASMUS+ dasturi bo‘yicha hamkor universitetlarda ta'lim olish va qo‘shimcha Yevropa ittifoqi grantlarini olish imkonini beradi.

Joylashgan shahrimiz haqida qisqacha ma'lumot

Vrotslav – Yevropaning eng ko‘rkam shaharlaridan biri bo‘lib, 2016 yilda Yevropaning madaniyat markazi deb tan olindi. Vrotslav gnomlari, ko‘p sonli tarixiy cherkovlar va ko‘priklar shahrimizning turistlar gavjum joylari hisoblanib, Yevropa va Polshaning boshqa shaharlaridan ajratib turadi. Vrotslav – yoshlar va 150 ming talabalar shahri hisoblanadi. Vrotslav Yevropaning yuragida joylashgan bo‘lib, ko‘plab Yevropa poytaxtlaridan (Praga, Vena, Berlin va boshqalar) 2-3 soatlik masofadadir. Vrotslavda ta'lim olish vaqtida qiyinchiliksiz ko‘plab Yevropa davlatlariga sayohat qilish mumkin. 

«Qutqaruv doirasi» (Spasitelnyy krug) – nima va taklif etilayotgan xizmatlar

Universitetimiz yuqorida sanab o‘tilgan to‘siqlarga uchragan O‘zbekistonlik abituriyentlarga o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun yangi xizmat turini taklif etadi. Bu «Menedjment» mutaxassisligiga ikki bosqichdan iborat bo‘lgan yangi formatda ta'lim olish imkoniyati.

1-bosqich:

  • Birinchi kursda ta'lim distansion onlayn formatda;
  • Darslar vebinar ko‘rinishida real vaqt rejimida olib boriladi;
  • Darslar universitetning professor va o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi;
  • Darslar (kuniga 2-3ta) haftada besh kun bo‘lib o‘tadi;
  • O‘zingizga qulay vaqtda darslarni video qaydlarini qayta ko‘rish imkoniga ega bo‘lasiz.

2-bosqich:

Ikkinchi va uchinchi kurslar kunduzgi ta'lim formatida Qo‘qon shahrida ochilayotgan filialda yoki Vrotslavda asosiy kampusda ingliz yoki polyak tillarida davom ettiriladi.

Alohida ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu dastur davomida sizga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • Universitetga kirish imtihonlarisiz, hatto polyak yoki ingliz tili bo‘yicha bilimga ega bo‘lmasdan kirishingiz mumkin;
  • Universitetning qolgan barcha talabalari qatori 2019 yil 1 oktyabrdan to‘laqonli talaba sifatida talabalik guvohnomasi olasiz;
  • Universitet tomonidan barcha kerakli xujjatlarni olib, Polshaga talaba vizasi rasmiylashtirishingiz mumkin;
  • Ta'limni uydan yoki boshqa istalgan joyda turib distansion tarzda olasiz;
  • Qo‘shimcha to‘lovlarsiz birinchi kurs davomida polyak yoki ingliz tillarini o‘rganib, keyingi kurslarga tayyorlanasiz;
  • Oilangiz budjetiga bir muncha mablag‘ni iqtisod qilish imkoni: birinchi kursda Polshaga safar qilish va yashash xarajatlarini tejaysiz.

To‘lov universitet hisob raqamiga o‘qishga qabul qilinishdan avval to‘lanishi kerak.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun: www.wsb.pl/rekrutacja

Telefon: +99893 7357788

«WSB Kokand» MChJ Xorijiy Korxonasi

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: