BRAVO – zamonaviy ofis mebellari saloni

Jamiyat 09:00 / 30.09.2019 17266

Yangi idora ishini yo‘lga qo‘ydingiz, lekin hali mebel tanlashda ikkilanyapsizmi? Sifatli va qulay mebel samarali ish faoliyatiga ham yaxshigina ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu masalada professionallarga murojaat qilganingiz ma'qul. BRAVO mebellar saloni bu borada sizga amaliy yordam beradi.

15 yillik tajribaga ega bo‘lgan BRAVO mebellar saloni eng zamonaviy ofis mebellarini taqdim etadi. Ular orasidan o‘z didingiz va talabingizga qarab, ma'qulini tanlab olishingiz mumkin. Qolaversa, kataloglardan o‘z loyihangizga munosib bo‘lgan dizayndagi mebelni alohida buyurtma qilish imkoniyati ham mavjud. Bu ishda mijozga 3D vizualizatsiya kabi bepul xizmati yordam beradi!

Shuningdek, mahsulotni manzilga yetkazib berish hamda sifatli o‘rnatib berish ham mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Har bir xaridor uchun alohida chegirmalar ham mavjud.

BRAVO do‘konida Sunon, LVBAN kabi dunyoga tanilgan eng yirik mebel ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini topishingiz mumkin. Bu ofis mebellari ekologik toza materiallardan ishlangan hamda Blum, Hettich, FGV firmalarining a'lo sifatli furnituralaridan foydalanilgan.

Shu bilan birga, BRAVO mebellar do‘koni Italiyadan keltirilgan uskunalar yordamida o‘z ishlab chiqarish liniyalarini ham yo‘lga qo‘ygan. Bu mijozlar uchun tanlov imkoniyatini yanada kengaytiradi.

BRAVO mebellar saloniga tashrif buyuring, o‘zingizga ma'qul bo‘lgan mebelni tanlang, qolgani haqida esa bosh qotirmasangiz ham bo‘ladi!

Sayt: www.bravo.uz

Telefon: (71) 244-00-01, (97) 330-17-30

Facebook: fb.com/bravo.uz

Instagram: @bravomebel

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: