Rossiyada YTH: besh nafar o‘zbekistonlik jabrlandi

Jamiyat 15:08 / 28.09.2019 17702

O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 27 sentabr kuni M5-«Ural» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan. 

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotida aytilishicha, ular turli xil jarohatlar bilan Nijniy Lomov tumanlararo kasalxonasiga yotqizilgan.

Kasalxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatilganidan keyin jabrlanganlarning ahvoli barqarorlashgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgani aytiladi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov oblasti, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod oblasti, Orenburg oblasti, Penza oblasti, Perm o‘lkasi, Samara oblasti, Saratov oblasti, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov oblasti, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7-967-772-66-00.

Ko‘proq yangiliklar: