Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
Helsinkidagi hukumat «tajovuzkor urush» olib borayotgan mamlakatlar fuqarolari tomonidan ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etdi. Tashabbusning maqsadi - Rossiya fuqarolarining Finlandiyada ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatini cheklash.

Foto: picture-alliance/S. Reboredo
Helsinkidagi hukumat «tajovuzkor urush» olib borayotgan yoki milliy xavfsizlikka tahdid solayotgan mamlakatlar fuqaroligiga ega bo‘lgan xorijliklarning Finlandiyada ko‘chmas mulk sotib olishini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. «Tashabbusdan maqsad Rossiya fuqarolarining mamlakatda ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatini cheklashdir», — dedi Finlandiya mudofaa vaziri Antti Hakkanen. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropa xavfsizligiga tahdid solishida davom etmoqda va fuqarolari tomonidan qo‘lga kiritilgan ko‘chmas mulkdan «dushmanlik ta’sirini o‘tkazish» uchun foydalanish mumkin.
Yle ta’kidlaganidek, Finlandiyada rossiyaliklar ishtirokidagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalar uzoq vaqtdan beri bahsli bo‘lib kelgan. O‘tgan yili mamlakat Mudofaa vazirligi xaridorlarning Rossiya bilan aloqalarini bahona qilib, bunday bitimlarning bir nechtasini bloklagan edi. Hozirda milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan rossiyaliklarga sotilgan ko‘chmas mulkni musodara qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Daniya «soyadagi flot» tankerlarini tekshiradi
Daniya atrof-muhit, yuk tashish va dengizchilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblagan tankerlarga xavfsizlik choralarini kuchaytiradi. Bu haqda qirollik dengiz boshqarmasi saytida 5 fevral kuni chop etilgan bayonotda aytilgan. Departament bu qarorni «Daniya bo‘g‘ozlari orqali neft tashuvchi eski kemalar faoliyati»ga javoban qabul qilganini ta’kidladi.
«Portning davlat nazorati tankerlarga qaratilgan, chunki tankerlarning shikastlanishi yoki halokati bilan bog‘liq avariya xavfsizlik, sog‘liq va atrof-muhit uchun ayniqsa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin», — deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

20:09 / 09.07.2025
Litva va Finlandiya piyodalarga qarshi minalar ishlab chiqaradi

22:49 / 27.06.2025
Yevroparlament Finlandiyaga Rossiya bilan chegarani yopishga ruxsat berdi

23:56 / 18.06.2025
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV

20:49 / 09.06.2025